1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiyada havo iflosligidan 62 ming kishi vafot etdi

Ekologik buzilish iqtisodiyotga ham jiddiy taʼsir qilyapti.

Turkiyada havo iflosligidan 62 ming kishi vafot etdi

Turkiyada o‘tgan yili havo ifloslanishi sababli 62 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “Temiz Hava Hakkı” platformasi maʼlumot berdi. Tadqiqotlarga ko‘ra, mamlakatning eng iflos havoga ega hududlari sifatida Ig‘dir, Erzinjan va Kutahya shaharlari qayd etilgan.

 

Poytaxt Anqara hamda Istanbulda havo sifati “hassos” darajada deb baholandi — yaʼni xavo meʼyordan oshgan, ammo tanqidiy darajaga yetmagan. Mutaxassislar bu holatni faqat aholining sog‘lig‘iga emas, balki mamlakat iqtisodiyotiga ham katta zarar keltirayotganini taʼkidlamoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Turkiya yiliga 138 milliard dollargacha iqtisodiy yo‘qotish ko‘rmoqda.

 

Ekologlar fikricha, agar havo ifloslanishi darajasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiya etgan meʼyorlarga tushirilsa, har yili kamida 60 ming nafar insonning hayotini saqlab qolish mumkin bo‘lar edi.

 

Mutahassislar Turkiya hukumatidan havo ifloslanishiga qarshi qatʼiy choralar ko‘rish, sanoat chiqindilarini kamaytirish va sog‘lom atrof-muhitni taʼminlash bo‘yicha amaliy qadamlar tashlashni talab qilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика