1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Turkiyada koronavirus bo‘yicha antirekord qayd etildi

Bir kunda yuz mingdan ortiq odam kasallik yuqtirgan.

Turkiyada koronavirus bo‘yicha antirekord qayd etildi

 

Turkiyada oxirgi bir sutka davomida 111 157 ta yangi koronavirus infeksiyasi qayd etildi va bu mamlakat uchun yangi antirekordga aylandi.

 

Bu haqda Anadolu xabar bermoqda.

Sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Kojaning so‘zlariga ko‘ra, “Omicron” shtammining keng tarqalishi tufayli bemorlar sonining ko‘payishi, ayniqsa, og‘ir surunkali kasalliklarga chalinganlar va keksa odamlarda immunitetning pastligi tufayli o‘limga olib keladi.

 

Bir kunda COVID-19 dan vafot etganlar soni 248 nafarga yetdi. Bu 4-oktabrdan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Pandemiya boshlangandan beri Turkiyada jami 12 millionga yaqin koronavirus holatlari ro‘yxatga olingan. 88 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya COVID-ga qarshi emlashni o‘z dori vositasi bilan boshlagani xabar qilingandi. 

Nasiba To‘xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика