1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiyada mehmonxona yonib ketdi

Voqea natijasida 600 dan ortiq dam oluvchi evakuatsiya qilingan.

Turkiyada mehmonxona yonib ketdi

 

Turkiyaning Alanya shahrida joylashgan Asrin Beach mehmonxonasida ro‘y bergan yong‘in oqibatida 622 nafar mehmon zudlik bilan evakuatsiya qilindi.

 

Yong‘in payshanba kuni kechasi mehmonxonaning yer to'la qismida, aniqrog‘i, sauna va kir yuvish xonasi joylashgan hududda boshlangan. Dastlabki tergovga ko‘ra, yong‘inga noto‘g‘ri yotqizilgan elektr simlari sabab bo‘lgan.

 

Voqea joyiga 10 ta yong‘in ekipaji va tibbiy brigadalar yetib kelgan. Yong‘in bir soat ichida nazoratga olinib, to‘liq o‘chirilgan. Alanya meri Usmon Tarik Özçelik sobiq Twitter (hozirgi X) sahifasida shunday deb yozdi: “Yong‘in tezkor va muvofiqlashtirilgan tarzda bartaraf etildi”.

 

Tutundan zarar ko‘rgan bir necha sayyohga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ularning uch nafari — astma kasalligidan aziyat chekayotgan bemorlar — ehtiyot chorasi sifatida kasalxonaga yuborilgan.

 

Mehmonlar vaqtincha boshqa mehmonxonalarga ko‘chirilgan.

 

Alanya hokimligi vakillari voqea yuzasidan quyidagi muhim tafsilotni ham oshkor qildi: 22-aprel kuni Asrin Beach mehmonxonasida zaruriy litsenziyalar yo‘qligi aniqlanib, binoga muhr qo‘yilgan edi. Biroq, sud qarori bilan mehmonxonaning yopilishi vaqtincha kechiktirilgan. Shahar hokimligi bu qarorga nisbatan apellyatsiya shikoyati bergan.

 

11-iyun kuni mehmonxona rasmiylari muhrlanish to‘g‘risida rasman xabardor qilingan va ularga mehmonlarni boshqa joyga ko‘chirish uchun muddat berilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика