1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Turkiyada o‘g‘rilik jinoyati qurboniga aylanganda nima qilish kerak?

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi shaxsiy buyumlari o‘g‘irlangan fuqarolarga tezkor choralar va huquqiy tartiblar bo‘yicha yangilangan yo‘riqnoma taqdim etdi.

Turkiyada o‘g‘rilik jinoyati qurboniga aylanganda nima qilish kerak?

Turkiyada o‘zbekistonlik sayyohlar va migrantlar orasida o‘g‘rilik holatlari kuzatilayotgani sababli, Istanbuldagi Bosh konsulxona fuqarolarga favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilish bo‘yicha rasmiy tavsiyalarni e’lon qildi. Rasmiy ma’lumotda aytilishicha, shaxsiy buyumlar — pasport, telefon, bank kartalari yoki naqd pul o‘g‘irlangan zahoti fuqaro eng avvalo xavfsizlik choralarini ko‘rib, yo‘qolgan buyumlar ro‘yxatini tuzishi va bank kartalarini darhol bloklashi lozim.

 

Konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lganidan keyin 1–2 soat ichida 112 yoki 155 raqamlari orqali politsiyaga xabar berish, eng yaqin bo‘limga borib rasmiy bayonot topshirish talab etiladi. Pasport yoki boshqa muhim hujjatlarning o‘g‘irlanishi holatida fuqaro zudlik bilan O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi yoki Istanbul Bosh konsulxonasiga murojaat qilishi kerak. Shuningdek, Turkiya qonunchiligiga muvofiq, 48 soat ichida Migratsiya idorasiga hujjatlar yo‘qolgani haqida ma’lumot berish majburiy hisoblanadi.


Huquqiy jarayon Turkiya Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan prokuratura tomonidan ko‘rib chiqiladi va odatda 3 oydan 6 oygacha davom etadi. Fuqarolar tarjimon, davlat hisobidan advokat, sud jarayonida ishtirok etish hamda moddiy zarar bo‘yicha kompensatsiya talab qilish kabi huquqlarga ega. Konsulxona fuqarolarga gavjum joylarda hushyor bo‘lish, qimmatbaho buyumlarni ko‘z-ko‘z qilmaslik va mehmonxona seyflaridan foydalanishni tavsiya qilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика