Mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja bergan maʼlumotga ko‘ra, Amasra shahridagi konda yuz bergan portlashida 25 kishi halok bo‘lgan. 11 kishi esa shifokorlar nazoratida.
«Afsuski, Batin provinsiyasida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisada 25 kishi halok bo‘ldi. 11 kishi davolanmoqda. Ulardan birining ahvoli og‘ir, 4 nafari jonlashtirish bo‘limida. 6 nafar konchi samolyotda Istanbul shahar kasalxonasining kuyish bo‘limiga yetkazildi», — deyiladi vazirning ijtimoiy tarmoqdagi postida.


