1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiyada uch kunlik motam eʼlon qilindi

Motam davrida Turkiya bo‘ylab barcha hukumat binolarida davlat bayroqlari yarim tushiriladi.

Turkiyada uch kunlik motam eʼlon qilindi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an G‘azo sektoridagi shifoxonaga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganlar munosabati bilan mamlakatda uch kunlik motam eʼlon qildi. Bu haqda u o‘zining X‘dagi sahifasida maʼlum qildi.

 

Davlat rahbarining farmoniga ko‘ra, motam joriy yilning 19-21 oktyabr kunlari davom etadi.

 

Falastindagi minglab qurbonlar xotirasi hamda Isroilning tinch aholiga, xususan, G‘azodagi kasalxonaga 2023-yil 17-oktabrda uyushtirgan hujumlari natijasida halok bo‘lgan va jarohatlanganlar munosabati bilan uch kunlik milliy motam eʼlon qilinishi maqsadga muvofiq deb topildi. Ushbu qarorga ko‘ra, 2023-yil 21-oktabr, shanba kuni quyosh botgunga qadar Turkiya bo‘ylab va xorijiy vakolatxonalarimizda davlat bayrog‘i yarim cho‘qqigacha tushiriladi”, — deb yozgan Erdo‘g‘an X‘dagi sahifasida.

 

Farmon matnida keltirilishicha,  uch kunlik motam davrida Turkiya bo‘ylab barcha hukumat binolarida davlat bayroqlari yarim hilpiratiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика