Turkiyaning AirCar kompaniyasi o‘zining ikki o‘rindiqli uchar avtomobili bilan ilk sinov parvozini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.
O‘tgan oy davomida o‘tkazilgan sinovlar chog‘ida kompaniya asoschisi va bosh direktori Eray Altunbozar avval bir o‘rindiqli prototipda havoga ko‘tarilgan va texnoparkdagi vertolyot maydonchasiga qo‘ngan. Shundan so‘ng, u ikki o‘rindiqli modelga o‘tib, yo‘lovchi bilan birga ilk rasmiy parvozni amalga oshirdi.
Qariyb 10 daqiqa davom etgan sinov parvozi 8 metr balandlikda, kuchli shamol sharoitida ham barcha xavfsizlik talablariga rioya qilingan holda o‘tkazilgan.
Yangi “AirCar” modeli umumiy va avtonom havo tashish tizimlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bir marta quvvatlanganda 50–80 km masofaga uchish, 200 kg yuk ko‘tarish, vertolyotga nisbatan 5 barobar ovozsiz ishlash, ekspluatatsiya xarajatlarini 10 barobargacha kamaytirish, 8 dvigatelli tizim orqali yuqori xavfsizlik darajasi kabi texnik imkoniyatlarga ega.


