1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiyada yana prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tishi mumkin

U 2027-yilga rejalashtirilyapti.

Turkiyada yana prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tishi mumkin

Turkiyada prezidentlik saylovlari 2027-yilning noyabr oyida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqida Turkiya parlamentining raqamli media qo‘mitasi rahbari Huseyin Yayman ma’lum qildi.

 

23-fevral kuni Rajab Toyyib Erdo‘g‘on hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (AKP) rahbari etib yana qayta saylandi. U partiya qurultoyida so‘zga chiqib, AKP rahbariyatiga bo‘lgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi.

 

Erdo‘g‘onning ta’kidlashicha, partiya 23,5 yil davomida Turkiya xalqining ishonchini oqlagan va kelajakda ham shu yo‘ldan borishga qat’iy qaror qilgan.

 

Avvalroq Erdo‘g‘on mamlakatda prezidentlik va parlament saylovlari rejalashtirilgan 2028-yildan keyin “yangi Turkiya va Istanbul” yaratishga harakat qilishini bildirgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика