Mamlakatning kamida to‘rt viloyatida, shuningdek, Suriya shimolida binolarning qulashi qayd etilgan. Zilzila kuchi 7,5 ballni tashkil qilgan. Turkiyada kuchli zilzilalar tufayli eng yuqori darajadagi ogohlantirish eʼlon qilindi.
Rasmiylarga ko‘ra, Shanliurfa shahrida 16 uy qulagan, odamlar vayronalar ostida qolmoqda.
Shahar meri 5 kishi halok bo‘lganini maʼlum qildi.
Adanada esa dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 17 va 14 qavatli uylar quladi.
Prezident Erdog‘an yer qimirlashidan keyin bayonot berdi:
— Zilziladan zarar ko‘rgan tumanlarga zudlik bilan qidiruv-qutqaruv guruhlari yuborildi;
— IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, AFAD, gubernatorlik tezkorlik bilan ishga kirishdi.


