1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiyadagi oltin konida 9 kishi bedarak yo‘qoldi

Konda tuproq ko‘chgani ma'lum bo'lgandi.

Turkiyadagi oltin konida 9 kishi bedarak yo‘qoldi

 

Turkiyaning Erzinjon viloyatidagi oltin konida tuproq ko‘chishi yuz berdi. Turkiya Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 14:00 atrofida sodir bo‘lgan. Mamlakat Ichki ishlar vazirligi rahbari Ali Erlikaya kondagi 667 ishchidan “9 nafari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q”ligini aytgan. Ularni qidirishga 600 ta texnika va 827 kishi jalb qilingan.

 

"Odamlar tuproq ostida qolgan bo‘lishi mumkin, ularning soni hali noma’lum", — deydi viloyat gubernatori Hamza Aydogdu.

 

Turkiya adliya vaziri Yilmaz Tunchning taʼkidlashicha, hodisa yuzasidan maʼmuriy tergov boshlangan va uni to‘rt nafar prokuror olib bormoqda. Ko‘chki sodir bo‘lgan Chepler koni Erzinjon viloyatining Ilich shahridan sakkiz kilometr uzoqlikda joylashgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика