O'zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining xabar berishicha, soʻnggi vaqtlarda Turkiya politsiyasi tomonidan Istanbul va boshqa yirik shaharlarda “maxsus reyd” tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Natijada Turkiya qonunchiligini buzgan xorijliklarga, shu jumladan Oʻzbekiston fuqarolariga nisbatan ham tegishli choralar koʻrilmoqda.
Shu munosabat bilan elchixona Turkiyada turli sabablarga koʻra boʻlib turgan O'zbekiston fuqarolaridan mahalliy qonunlarga toʻliq rioya etishni, shuningdek, oʻzlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va Turkiyada yashash ruxsatini beruvchi hujjatlarni olib yurishni so'ragan.


