Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat holati aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xususan, Samarqand xalqaro aeroporti hududida Turkiyaga jinsiy ekspluatatsiya maqsadida ketayotgan 22 va 36 yoshli, Toshkent viloyatida yashovchi ayollar to‘xtatib qolindi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning safar xarajatlari hozirda Turkiyada bo‘lib turgan 41 yoshli O‘zbekiston fuqarosi tomonidan moliyalashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


