1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiyani yana bir muammo kutmoqda

Tabiiy ofatlar navbati endi qurg‘oqchilikka.

Turkiyani yana bir muammo kutmoqda

 

Turkiya so‘nggi 20 yildagi eng qurg‘oqchilik bilan o‘tgan qishni boshdan kechirdi va mutaxassislarning fikricha, kelayotgan yoz mavsumida suv taʼminoti muammosi muqarrar.

 

Ekspertlarning fikricha, mamlakatda iyun oyidan boshlab suv yetishmasligi sababli katta inqiroz boshlanadi. Istanbul texnika universiteti o‘qituvchisi Orxan Shenning so‘zlariga ko‘ra, kutilayotgan yog‘ingarchilik suv omborlarini to‘ldirish uchun yetarli bo‘lmaydi, ularning aksariyati qishki yog‘ingarchilik kamayganligi sababli quriy boshlagan.

 

Davlat gidrotexnika inshootlarini nazorat qilish bosh boshqarmasi sobiq direktori Dursun Yildiz ham xuddi shunday fikrda. Uning aytishicha, mamlakat uchun vaziyat “yaqinda sodir bo‘lgan zilzila kabi og‘ir” va bu muammoni milliy xavfsizlik masalasi sifatida zudlik bilan hal qilish kerak.

 

Qishda Turkiyada yog‘ingarchilik o‘rtachadan 24 foizga kam yog‘gan.

 

Mutaxassislar suvni tejashni, sensorli kranlardan foydalanishni, tishlarini cho‘tkalashda suvni o‘chirishni, dush vaqtini qisqartirishni va avtomobillarni uzoq vaqt yuvishdan qochishni tavsiya qiladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика