Lifestyle

Turkiyaning boy pishloqchilik sanoati haqida

 

Turk oshxonasi o‘zining boy xilma-xilligi, tengsiz lazzatlari va turli mintaqalarda ishlab chiqarilgan turli xildagi pishloqlari bilan ajralib turadi. Har bir mintaqada o‘zgaruvchan iqlim sharoiti tufayli sut va pishloqlar turli xil taʼm va hidga ega. Turkiyaga xos pishloq turi bir necha ishlab chiqarish bosqichlaridan o‘tgandagina erishiladi. "Ezine Oq Pishlog‘i", "Koniya Moviy Pishlog‘i", "Erzinjan Tulum Pishlog‘i", "Kars Pishlog‘i", "Van Herby Pishlog‘i" turk pishloq turlarining bor yo‘g‘i bir nechtasi xolos... Keling, mahalliy oshxonaning ajralmas tarkibiy qismiga aylanib ulgurgan turk pishloqlarining turlari bilan tanishib chiqamiz.

 

"Oq pishloq": Edirnedan Chanoqqalʼaga

 

“Oq pishloq” (Beyaz Peynir) turk nonushtasining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, mamlakatning eng tanilgan delikateslaridan biridir. Turkiyaning deyarli har bir mintaqasida ishlab chiqarilgan bu pishloqning o‘ziga xos taʼmi, xushbo‘yligi va tuzilishi iqlim, sut manbasi va anʼanaviy ishlab chiqarish usullariga qarab farq qiladi. Chanoqqalʼa va Edirne oq pishloqning vatani hisoblanadi. Edirne oq pishlog‘i TunjaMerich, Arda va Ergene daryolari deltalarida mahalliy o‘tlar bilan oziqlangan qo‘y va echkilarning sutidan ishlab chiqariladi. Edirne oq pishlog‘ining asosiy farqlovchi xususiyati uning qo‘shimchasizligi; faqat sut, xamirturush va tuz ishlatiladi. Chanoqqalʼaning Ezine tumani nomi bilan atalgan Ezine oq pishlog‘i, turk nonushta dasturxonlarida uchraydigan yana bir anʼanaviy pishloqdir. Yumshoq, o‘rta yoki qattiq tuzilishda ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan bu pishloq o‘zining ajoyib taʼmi va lazzatini Kaz tog‘larida tabiiy o‘simliklar va mineral resurslar bilan oziqlangan qo‘y yoki echki sutidan oladi.

 

Turkiyaning boy pishloqchilik sanoati haqida

 

Balikesir: 50 dan ziyod pishloq turlarining vatani

Mihalich pishlog‘i Turkiyada asrlar davomida ishlab chiqarilgan qadimgi pishloq hisoblanadi. Oq pishloqdan farqli o‘laroq, uni ishlab chiqarish mamlakatning faqat bir nechta mintaqalari bilan cheklangan bo‘lib, ularning asosiy misollari Balikesir va Bursadir. Mihalich pishlog‘i odatda echki sutidan tayyorlanadi. Pishloqning qattiqlashishi va qurishidan avval sho‘r suvda saqlanadi.

 

Turkiyaning boy pishloqchilik sanoati haqida

 

Kapadokiya mintaqasining mog‘orli pishloqlari

Geografik jihatdan Kapadokiyada joylashgan Nig‘dening mog‘orlagan ko‘k pishlog‘i Turkiyadagi eng noyob pishloq turlaridan biridir. Nig‘de moviy pishlog‘i 15 metr chuqurlikdagi g‘orlarga joylashtiriladi va u yerda yetti oy davomida pishib yetiladi. Bu pishloq yetti oydan so‘ng xushbo‘y va ko‘k tusga ega bo‘ladi. Shuningdek, u tabiiy antibiotik hisoblanadi. G‘orlarda pishgan yana bir anʼanaviy pishloq - Karamanning Divle Obruk pishlog‘idir. Taxminan 700 yil oldin paydo bo‘lgan bu pishloq shifobaxsh o‘tlarga boy yaylovlarda boqiladigan qo‘y va echkilar sutidan ishlab chiqariladi. Pishloq besh oy davomida noyob mog‘or florasi bo‘lgan g‘orlarda saqlanadi va avval ko‘k mog‘or, so‘ngra oq va nihoyat qizil mog‘or bilan qoplanadi. Mintaqada mog‘orlagan pishlog‘i bilan mashhur bo‘lgan yana bir shahar - Koniya. Ko‘p asrlik tarix va taʼmga ega Koniya mog‘orli pishlog‘i faqat sut va xamirturushdan tayyorlanadi va maxsus xonalarda qoliplanadi. Usmonli askarlariga antibiotik sifatida berilgan bu pishloq 6 oylik ishlab chiqarish jarayonidan so‘ng isteʼmolga chiqariladi.

 

Turkiyaning boy pishloqchilik sanoati haqida

 

Sharqning g‘ayrioddiy lazzatlari: haqiqiy pishloq

Sharqiy Onado‘li mintaqasi o‘zining asl pishloqlari bilan ham mashhur bo‘lib, Erzinjan Tulum pishlog‘i, Kars eski kashar pishlog‘i va Van Herby pishlog‘i bu mintaqaning eng mazali pishloqlari orasida. Bu pishloqlarning o‘ziga xos taʼmining sirlari baland yaylovlar, boy o‘simliklar xilma-xilligi va toza va salqin havodir. Tulum pishloqi xom sut va tabiiy xamirturushdan foydalanish tufayli o‘zgacha mazali taʼmga ega bo‘lib, echki yoki qo‘y terisida 2-3 oy davomida saqlangandan so‘ng isteʼmol qilishga tayyor holga keladi.

Van o‘zining boy madaniy merosi va mazali taomlari bilan sayohatchilarni hayratga soladigan yana bir manzildir. Bu shahar, shuningdek, Turkiyadagi eng mashhur nonushta dasturxonlaridan biri bo‘lgan Van nonushtasining vatanidir. Van Herby pishlog‘i esa, allaqachon bu nonushtaning yulduziga aylanib ulgurgan. Van Herby pishlog‘i mintaqada mahalliy "yovvoyi sarimsoq" deb nomlanuvchi sirmoning helizmendosiabotimyan va yovvoyi yalpiz kabi mahalliy endemik o‘simliklar aralashmasi orqali tayyorlanadi. Tuproq ostiga sopol idishlarda ko‘miladigan ushbu pishloq, uch oydan yetti oygacha yer ostida saqlanadi.

Oxirgi voqealar

Hammasini ko'rsatish