1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkmaniston milliy xavfsizlik vaziri lavozimidan ozod etildi

Avvalroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev lavozimidan ozod etilgan edi.

Turkmaniston milliy xavfsizlik vaziri lavozimidan ozod etildi

 

Turkmanistonda milliy xavfsizlik tizimi rahbariyatida kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi. Mamlakat prezidenti Serdar Berdimuhamedov qaroriga ko‘ra, Milliy xavfsizlik vaziri Nazar Atagarayev boshqa lavozimga o‘tkazilishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Turkmenportal nashri xabar berdi.

 

Mazkur qaror Davlat xavfsizlik kengashi yig‘ilishi davomida qabul qilingani ma’lum qilingan.

 

Uning o‘rniga avval Prezident xavfsizlik xizmatini boshqargan general-mayor Dovletgeldi Meredov Milliy xavfsizlik vazirligi rahbari etib tayinlandi. Yangi rahbar xizmatga kirishish jarayonida xalqqa, davlatga va prezidentga sodiqlik qasamyodini qabul qilgan.

 

Ma’lumot uchun, Turkmaniston Milliy xavfsizlik vazirligi mamlakatning asosiy razvedka va kontrrazvedka organi hisoblanadi. Ushbu tuzilma milliy xavfsizlikni ta’minlash, terrorizm va boshqa tahdidlarga qarshi kurashish, shuningdek strategik sohalarni nazorat qilish vazifalarini bajaradi. Vazirlik 1991-yilda sobiq sovet maxsus xizmatlari bazasida shakllantirilgan bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat rahbariga hisobot beradi.

 

Eslatib o‘tamiz, Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov 10-fevral kuni o‘zining yaqin do'sti hisoblangan Qamchibek Tashiyevni barcha lavozimlardan ozod etgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика