1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Turkmaniston O‘zbekistonga bepul tarzda suyultirilgan gaz beradi

Bu bo‘yicha Turkmaniston Prezidenti tegishli farmonga imzo chekdi.

Turkmaniston O‘zbekistonga bepul tarzda suyultirilgan gaz beradi

 

Turkmaniston Prezidenti O‘zbekistonni do‘stona va birodarlik bilan qo‘llab-quvvatlash maqsadida suyultirilgan gazni O‘zbekistonga bepul o‘tkazish bo‘yicha farmon imzoladi.

 

Farmon bilan “Turkmangaz” davlat konserniga tegishli hajmdagi suyultirilgan gazni O‘zbekistonga o‘tkazish topshirilgan. Xabarda aynan qancha hajmda gaz o‘tkazilishi haqida maʼlumot berilmagan.

 

Maʼlumot o‘rnida, o‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekistonda kuzatilgan gaz bilan bog‘liq muammolar vaqtida Turkmaniston O‘zbekistonga 3 oyda jami 1,5 mlrd kub metr tabiiy gaz berishi yuzasidan ikki mamlakat o‘rtasida shartnoma imzolangandi.

 

Biroq mamlakat sovuq ob-havo tufayli yuzaga kelgan texnik sabablarga ko‘ra 12 yanvardan boshlab O‘zbekistonga tabiiy gaz eksportini vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lgan va 21 yanvarda qayta tiklagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика