1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Turkmaniston O‘zbekistonga gaz eksportini qayta tikladi

Turkmaniston sovuq tufayli yuzaga kelgan texnik sabablarga ko‘ra 12 yanvardan O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatgandi.

Turkmaniston O‘zbekistonga gaz eksportini qayta tikladi

 

Bu haqda «O‘ztransgaz» kompaniyasi manbasiga tayanib “Gazeta.uz” xabar berdi.

 

Xabarga ko‘ra, 21 yanvardan Turkmaniston tomoni texnik sabablarga ko‘ra 12 yanvardan eksporti to‘xtatib qo‘yilgan gazni yetkazib berishni tiklamoqda. Turkmaniston kuniga 4,8 mln kub metr hajmi bilan qayta tiklagan.

 

"O‘ztransgaz" maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunga kelib ushbu ko‘rsatkich 12,6 million kub metrgacha oshirilgan.

 

«Gaz yetkazib berishning kunlik hajmi bosqichma-bosqich 16 mln kub metrga yetkaziladi. Sovuq kunlar boshlanguncha aynan shuncha miqdorda gaz yetkazib berilar edi», – deya qayd etdi kompaniya.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика