1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov O‘zbekistonga keladi

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov oktyabr boshlarida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda “REGNUM” O‘zbekiston hukumatidagi manbaga tayanib xabar qildi.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov O‘zbekistonga keladi

 

 

“Tashrif doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari forumi ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan”, – degan manba.

 

14-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston  Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Esenmirat Orazgeldiyevni qabul qilib, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan sammitga puxta va har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish, eng avvalo, mazmunli kun tartibini shakllantirish, shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi loyihalari va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish muhim ekanini taʼkidlagan edi.

 

Avvalroq Gurbanguli Berdimuhammedov Esenmirat Orazgeldiyevga O‘zbekistonga tashrifga tayyorgarlik ko‘rishni buyurgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика