1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Turkmaniston va O‘zbekiston gaz yetkazib berish bo'yicha yangi shartnoma tuzadi

O‘zbekiston Energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiya Ashxobodga tashrif buyurdi.

Turkmaniston va O‘zbekiston gaz yetkazib berish bo'yicha yangi shartnoma tuzadi

 

O‘zbekiston va Turkmaniston turkman gazini yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma tuzadi. Bu haqda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudovning Ashxobodga tashrifi chog‘ida kelishuvga erishildi.

 

O‘zbekiston Energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiya 24-avgust kuni Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining qurilish-sanoat kompleksiga mas’ul o‘rinbosari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zaro hamkorlik muhim o‘rin tutadigan Turkmaniston-O‘zbekiston hamkorligini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Tomonlar Turkmaniston energetika resurslarini xorijiy davlatlarga, birinchi navbatda, qo‘shni davlatlarga yetkazib berishning ko‘p qirrali tizimini yaratishni faollashtirish masalalariga e’tibor qaratdi.

 

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Turkmaniston tabiiy gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma tuzishga kelishib olindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика