1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Turkmanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov tegishli farmonni imzoladi.

Turkmanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

 

Meredov Shadurdi Turkmanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov tegishli farmonga imzo chekdi.

 

“Meredov Shadurdi Oveznepesovich Turkmanistonning O‘zbekiston Respublikasidagi (Toshkent shahri) Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlansin”, - deyilgan hujjatda.

 

Meredev bunga qadar mamlakatning Qirg‘izistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchisi Yazguli Mammedov boshqa ishga o‘tganligi sababli lavozimidan ozod etilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика