1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

"Tutukon Neo" preparatini isteʼmol qilmang

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi ogohlantirish bilan chiqdi.

"Tutukon Neo" preparatini isteʼmol qilmang

 

Ispaniyaning «Dori vositalari va tibbiy buyumlar agentligi» (AEMPS) qaroriga binoan, Ispaniyaning Labaratorio Miquel Y Garriga Inc, S.L. korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Tutukon Neo ichish uchun eritma 250 ml» (flakonlarda) dori preparatining «Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)» talablari buzilgan holda ishlab chiqarilgani aniqlangan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» yuqoridagi maʼlumotga asosan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan quyidagi: R-049, R-050, R-051, R-078, R-080, R-222, R-236, R-081, R-124, R-204, R-205, R-206, R-218, R-219, R-220, R-221, R-223, R-224, R-225 seriyalarini farmatsevtika bozoridan muomaladan qaytarib olinayotganini maʼlum qildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика