“Twitter” aksiyadorlari milliarder Ilon Maskni kompaniyani 44 milliard dollarga sotib olishda narxlarni manipulyasiya qilgani uchun sudga bermoqda. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Aytilishicha, Mask 14-martgacha “Twitter” aksiyalarining 5 foizdan ko‘prog‘iga ega bo‘lganini oshkor qilmagani uchun 156 million dollar tejagan. Aksiyadorlar kompaniya Maskning xatti-harakatini tekshirishga majbur ekanligini ta’kidladlamoqda. “Twitter”dagi ulushini oshkor qilishni kechiktirish orqali Mask bozorni manipulyasiya qilib, aksiyalarni sun’iy ravishda arzon narxda sotib olgan.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, “Tesla” aksiyalarining yaqinda tushib ketgani Maskning ijtimoiy tarmoqni sotib olishni moliyalash qobiliyatini jiddiy xavf ostiga qo‘ygan, chunki u kompaniyani sotib olish uchun zarur bo‘lgan kreditlarni ta’minlash uchun o‘z aksiyalarini garovga qo‘ygan.


