Toshkent viloyati hokimligi tomonidan jurnalistlar va blogerlar uchun press-tur o‘tkazildi.
Unda jurnalistlar Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, OAV vakillari viloyat markazi — Nurafshon shahrida bo‘ldi. Davlatimiz rahbari 2019 yili bu yerga tashrifi chog‘ida zamonaviy majmualar barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergandi.
O‘tgan 2018-2021 yillarda Nurafshon shahrida jami 1 126,1 milliard so‘mlik qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan. 2022-2026 yillarda esa shahar bo‘yicha ijtimoiy bino-inshootlar barpo etish uchun 7 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ sarflash ko‘zga tutilgan.
Bu yilda viloyatda prezident maktabi ochildi
Viloyatda aholi turmushini yaxshilash borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilda 19 ta 1 ming 22 ta xonadonli 6-7-9-16-qavatli uy-joylar qurildi. Shuningdek, davlat tashkilotlari uchun yangi binolar foydalanishga topshirildi.
Yaqinda shaharda Prezident maktabi viloyatning iqtidorli o‘quvchilarga o‘z eshiklarini ochdi. Shuningdek, Toshkent viloyati mamlakatimizda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yana-da takomillashtirish maqsadida direksiya hududidan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Toshkent viloyati filiali qurilishi uchun 6 gektar yer ajratib berilgan. Bu yerda zavonaviy ko‘rinishga ega 5 qavatli o‘quv binosi, 2 qavatli sport majmuasi, 4 qavatli texnikum, 17 qavatdan iborat talabalar yotoqxonasi hamda oshxona binolari qurilishi rejalashtirilgan.
Muammolaar hal etilmoqda
Hozirda shaharda G-62 avtomobil yo‘lida amalga oshirilayotgan muhandislik kommunikatsiya tarmoqlaridagi ichimlik suvining 2.5 kilometri to‘liq yakunlangan, 2.3 kilometrga oqava suv quvuri tortilgan, aloqa tarmog‘idan 2.4 kilometr aloqa kabellarini yotqizish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilgan. Tabiiy gaz taʼminoti bo‘yicha 1.2 kilometrga maxsus quvurlar joylashgantirildi.
"Nurafshon business city" hududida transport vositalarini harakatlanishi uchun (4R2 avtomobil yo‘lining 34,3 km qismini 4R20 avtomobil yo‘lining 5,3 km qismi bilan bog‘lovchi) umumiy uzunligi 3,6 km.ni tashkil etuvchi "Loyihaviy G-62" avtomobil yo‘lining loyihasi ishlab chiqilgan. Joriy yilda mazkur avtomobil yo‘lining 1,2 kilometr qismi qurilib foydalanishga topshirildi.
Zulfiya Zokirova bog‘i quriladi
Yaqinda ushbu qaror ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining tanqidiy munosabatiga sabab bo‘lgandi. Zulfiya Zokirova nomidagi bog‘ 2.97 gektar yer maydonda barpo etiladi. Hozirgi kunda hudud atrofi o‘ralib, Administratsiya va kutubxona binolarida beton ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari Toshkent viloyati hokimining tegishli qarorlariga asosan "Elbek nomidagi kutubxona", "Yoshlar ijodiyot saroyi", “Teatr”, "Ko‘p tarmoqli universal sport majmuasi" obyektlari qurilish ishlari uchun direksiya hududidan yer maydonlari ajratilgan.
"Nurafshon Business City"da XXI asrning barcha tendensiyalarini uyg‘unlashtiradi
Uning asosiy qismi zamonaviy va hozirgi arxitektura talablariga javob beradigan ko‘p qavatli turar-joy binolaridan iborat bo‘ladi. Uylarning rejadagi balandligi 7 dan 16 qavatgacha bo‘lib, unda o‘rtacha sig‘imi 74 ming aholi uchun 25 mingga yaqin xonadonlar joylashadi.
Toshkent viloyati poytaxtda yana-da yaqinlashmoqda
Toshkent viloyati jamoat transportining harakat tezligi va aholi uchun qulay, mavjud yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash hamda xavfsiz yo‘l harakatini tashkil etish maqsadida Turkiya davlatining mutaxassislari bilan birgalikda "Nurafshon Business City" hududidan Bektemir tumanigacha (4R2 "Toshkent shahri – Nurafshon shahri – A373 avtoyo‘li") bo‘lgan yo‘lda avtobuslarning tezkor harakatini tashkil etish, yaʼni "Bus rapid tranzid" tizimida (keyingi o‘rinlarda – BRT tizimi) jamoat transport loyihasining konsepsiyasi ishlab chiqilgan.
Jamshidbek Amirov


