29-yanvar kuni O‘zbekistonda 1104 kishida COVID-19 infeksiyasi aniqlandi. Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Eng ko‘p kasallanish holati poytaxtda (+453 ta), Farg‘ona (+116 ta) va Toshkent (+102 ta) viloyatlarida qayd etilgan.
Eng past kasallanish holati Sirdaryo (+15 ta), Navoiy (+19 ta) va Andijon (+30 ta) viloyatlarida qayd etilgan.
SSV ma’lumotiga ko‘ra, kasallikdan sog‘ayganlar jami 210022 (+242) nafarga yetib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, ma’lumotda Qashqadaryo va Namanganda 3 kundan beri kasallikdan sog‘ayish holati qayd etilmaganini ko‘rish mumkin. Qashqadaryo viloyatida oxirgi marta 27-yanvar kuni 39 kishi, Namanganda esa 86 kishi kasallikdan sog‘aygan. So‘nggi uch kun ichida bu ko‘rsatkich yangilanmagan.
Javohirbek TURSUNOV


