1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Ukraina Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik qiladi

Zelenskiy Saudiya shahzodasi bilan telefonlashdi.

Ukraina Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik qiladi

 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va Bosh vaziri Muhammad bin Salmon as-Saud bilan telefon orqali muloqot qildi. Unda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik va muloqotni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

 

Qayd etilishicha, davlat rahbarlari 19-may kuni Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama uchrashuv chog‘ida boshlangan muloqot davomi sifatida Ukraina va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilgan.

 

Zelenskiy, shuningdek, 5-avgust kuni Saudiya Arabistonida Ukraina Tinchlik formulasining asosiy tamoyillari bo‘yicha milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilar va jahon tashqi ishlar idoralari siyosiy direktorlarining ikkinchi uchrashuvi muvaffaqiyatli o‘tganini ta’kidladi.

 

Ma'lumot o'rnida, 5-6 avgust kunlari Saudiya Arabistonining Jidda shahrida AQSH, Xitoy, Hindiston, Braziliya kabi 42 davlat ishtirokida davlat rahbarlarining Jahon formulasi boʻyicha maslahatchilari yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Rossiya sammitga taklif qilinmadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика