1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukraina armiyasining kunlik yo‘qotishlari ochiqlandi

Vladimir Zelenskiy bu haqda maʼlumot berdi.

Ukraina armiyasining kunlik yo‘qotishlari ochiqlandi

 

Ukraina kuniga 60-100 tagacha askar yo‘qotmoqda. Bu haqda Vladimir Zelenskiy Newsmax telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.

 

“Ukraina sharqidagi vaziyat og‘irligicha qolmoqda. Biz kuniga 60-100 tagacha askar yo‘qotmoqdamiz. 500 ga yaqin harbiy yaradorga aylanmoqda”, – degan u.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, sharqda mudofaa chizig‘i ushlab turilibdi, Xarkovda esa qarshi hujumlar amalga oshirilmoqda.

 

Zelenskiy Kiyev hech bir hududni Rossiyaga bermasligini taʼkidlagan.

 

“Biz qaysidir hududni bermoqchi emasmiz. Chunki, bu bizning hudud, bizning suverenitet. Ammo ayrim hududlar bilan bog‘liq qiyinchiliklar bor. Bu masalalar muhokama qilinishi mumkin”, – deb qayd etgan prezident.

 

Avvalroq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi ko‘rib chiqilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика