1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukraina bahorda saylov va referendum o‘tkazishi mumkin — Financial Times

Ayrim manbalarga ko‘ra, ovoz berish jarayonlarini 15-mayga qadar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Ukraina bahorda saylov va referendum o‘tkazishi mumkin — Financial Times

 

Ukraina bahorda prezidentlik saylovlari hamda Rossiya bilan ehtimoliy tinchlik kelishuvi bo‘yicha referendum o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Financial Times nashri manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, saylovlar va referendumni bir vaqtning o‘zida tashkil etish rejalari muhokama qilinmoqda. Xususan, ovoz berish jarayonlarini 15-mayga qadar o‘tkazish masalasi ko‘tarilgan.

 

Xabarda qayd etilishicha, ushbu masala AQSH tomonidan ham muhokama qilingan. Ayrim manbalarga ko‘ra, ovoz berish jarayonlarini belgilangan muddatda o‘tkazish Ukraina uchun xalqaro xavfsizlik kafolatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

 

Shu bilan birga, Ukraina rasmiylari xavfsizlik kafolatlarisiz muhim siyosiy qarorlar qabul qilinmasligini taʼkidlamoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga yaqin manbalarga ko‘ra, xavfsizlik masalalari hal etilmaguncha saylovlar bo‘yicha yakuniy qaror eʼlon qilinmaydi.

 

Avvalroq xalqaro agentliklar Ukraina va AQSH vakillari Rossiya bilan ehtimoliy kelishuv loyihasi bo‘yicha jadvalni muhokama qilganini xabar qilgan. Mazkur rejaga ko‘ra, kelishuv loyihasi tayyorlanganidan so‘ng referendum va saylovlar o‘tkazilishi mumkin.

 

Ekspertlar mazkur jarayonning amalga oshishi bir qator omillarga, jumladan, xavfsizlik vaziyati, muzokaralar natijalari hamda xalqaro siyosiy muhitga bog‘liq ekanini taʼkidlamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика