1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Ukraina bilan o'tgan London muzokaralari to‘xtadi

Muzokaralardagi kelishmovchilik Ukraina o'z hududini saqlab qolishini ta'kidlagani sabab kelib chiqqan.

Ukraina bilan o'tgan London muzokaralari to‘xtadi

Londonda o‘tkazilgan muzokaralar Ukraina tomonining o‘z hududlaridan voz kechishni rad etishi sababli natija bermadi. The Washington Post nashrining yozishicha, Kiyev muzokaralarda birinchi navbatda o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishni taklif qilgan, hududiy masalalar esa keyinroq ko‘rib chiqilishini istagan.

 

Nashr manbalaridan biriga ko‘ra, AQSH delegatsiyasi Ukraina pozitsiyasidan norozi bo‘lgan. Amerika tomoni nizoni bartaraf etishda hududiy masalalarni ilgariroq muhokama qilish kerak deb hisoblaydi.

 

Muzokaralar natijasiz yakunlangan bo‘lsa-da, diplomatik aloqalar to‘xtagani yo‘q. Tomonlar keyingi uchrashuvlar uchun yangi formatlar ustida ish olib borishi kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика