Ukraina bo‘yicha kelishuv endi Zelenskiyga bog‘liq. Bu haqida AQSH prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
U o‘z intervyusida Alyaskada Putin bilan o‘tgan sammitni 10 ballik shkalada 10 ball bilan baholab, muzokaralar davomida katta yutuqlarga erishilganini taʼkidladi.
Trampga ko‘ra, Ukrainadagi mojaroni tugatish ham Putin, ham Zelenskiy uchun muhim yutuq bo‘ladi. Ukrainadagi urushga barham berish bo‘yicha kelishuvga erishish ehtimoli ancha yuqori.
“Rossiya ulkan yadro salohiyatiga ega va buni inobatga olish lozim. Yevropa davlatlari ham Ukraina bo‘yicha kelishuvga o‘z hissasini qo‘shishi shart. Endilikda Men, Putin va Zelenskiy ishtirokida uchrashuv o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda”, degan Amerika yetakchisi.
Trampning qo‘shimcha qilishicha, Putin uning iqtisodiy yutuqlarini yuqori baholagan. AQSH esa endi Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmayapti.
“Rossiya qudratli davlat, Ukrainani esa bunday emas, shu sababli Kiyevga “kelishuv tuzishni” maslahat berdim. Zelenskiy Rossiya bilan mojaroda ko‘p narsani yo‘qotayotganini tan olishi kerak”, degan u.


