Yevropa Ittifoqi Ukrainada uzoq muddatli va adolatli tinchlik o‘rnatish masalasiga doimiy ravishda e’tibor qaratib kelmoqda. YeI bosh diplomati Kaja Kallas AQSh-Rossiya o‘rtasida go‘yoki tayyorlanayotgan maxfiy “tinchlik rejasi” bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina va Yevropa ishtirokisiz urushni yakunlash bo‘yicha hech qanday reja muhokama qilinishi mumkin emas.
“Biz, yevropaliklar sifatida, faqat uzoq, mustahkam va adolatli tinchlikni qo’llab-quvvatlaymiz. Har qanday tashabbus amalga oshishi uchun ukrainaliklar va yevropaliklarning roziligi bo‘lishi zarur — bu mutlaqo ravshan”, — dedi Kallas.
Diplomatning aytishicha, Yevropa tomoniga Rossiya tomonidan tinchlik yo‘lida biror muhim yon berish taklifi yetib kelmagan. Agar Moskva rostdan urushni to‘xtatishni istaganida, shartsiz o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha qarorni allaqachon qabul qilgan bo‘lardi.
Kallas Rossiya hujumlarining asl xarakteriga ham to‘xtalib, quyidagilarni qayd etdi:
“Rossiya zarbalarining 93 foizi maktablar, shifoxonalar, turar-joy binolari kabi fuqaro infratuzilmasiga qaratilmoqda. Bu ko‘proq odamlar hayotiga zomin bo‘lish va azob-uqubatlarni kuchaytirishga qaratilgan”.
Bryusselda jurnalistlar bilan suhbatda Kallas Yevropaning AQSh prezidenti Donald Tramp urushni “tez tugatish” qobiliyatiga ishonishi haqidagi savolga ham javob berdi. Unga ko‘ra, urushni tugatish uchun avvalo Ukraina va Yevropa rozi bo‘lishi kerak.
“Putin tinch aholiga hujumni to‘xtatishi bilan urush darhol yakunlanadi. Ammo hozircha biz Rossiya tomonidan hech qanday imtiyoz yoki konstruktiv qadamni ko‘rmayapmiz,” — dedi Kallas.
Avvalroq, bir necha xalqaro nashrlar “Tramp ma’muriyatining yangi tinchlik rejasi” haqida quyidagi ma’lumotlarni bergan edi.
YeI diplomati ushbu rejadagi g‘oyalarni Ukraina suverenitetiga zid deb hisoblaydi va Yevropa bunday rejalarni qo‘llamasligini yana bir bor ta’kidladi.
Kaja Kallasning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi har qanday tinchlik tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi, biroq u adolatli, uzoq muddatli va bir tomonlama imtiyozlarsiz bo‘lishi shart.


