1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Ukraina chegarasida o‘zbekistonliklar avtohalokatga uchradi

Bir kishi vafot etgan.

Ukraina chegarasida o‘zbekistonliklar avtohalokatga uchradi

 

O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi rasmiy maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining uch nafar fuqarolari 21 yoshli yigitlar Hakimov Otabek Ravshanbek o‘g‘li, Xusainov Behzod Jamoliddin o‘g‘li hamda Solohiddinov Sherzod Shavkat o‘g‘li Polsha chegarasiga kiraverishda avtohalokatga uchradi.

 

Fojia natijasida Hakimov Otabek vafot etdi. Qolgan ikki hamyurtimiz Lvovdagi shahar kasalxonasiga yotqizildi.

 

Ushbu voqealarni inobatga olib, O‘zbekistonning Kiyevdagi Elchixonasi zudlik bilan ko‘ngillilar guruhi vakili, malakali shifokor Temurbek Yusupovni Lvovga jo‘natdi. Uning Lvovga kelishi bugun 5-mart kuni kutilmoqda.

 

Hakimov Otabekning yaqinlariga hamdardlik bildirgan holda, jabrlangan vatandoshlarning barcha qarindoshlari va yaqinlarini ishontirib aytamizki, Elchixona ularning hayotini saqlab qolish, jumladan, dori-darmonlar bilan taʼminlash va Ukrainaning yetakchi shifokorlari bilan maslahatlashish uchun barcha saʼy-harakatlarini amalga oshiradi.

 

Shuningdek Elchixona O.Hakimovning jasadini xalqimiz anʼanalariga muvofiq mumkin bo‘lgan eng tez vaqtda Vataniga jo‘natish bo‘yicha saʼy-harakatlarni amalga oshiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика