1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukraina Donbassni Rossiyaga berishi mumkin — The Atlantic

Qaror 2026-yil bahorida referendum orqali hal qilinishi mumkin.

Ukraina Donbassni Rossiyaga berishi mumkin — The Atlantic

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tinchlik muzokaralari doirasida Donetsk viloyatining sharqiy hududlari bo‘yicha murosaviy variantlarni ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda The Atlantic nashri Ukraina rahbariga yaqin manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Manbalarga ko‘ra, Kiyev ehtimoliy kelishuv doirasida Donetsk viloyatining ayrim hududlari ustidan nazorat masalasida yon berish variantini muhokama qilmoqda. Mazkur qaror ehtimoliy tinchlik bitimiga erishish yo‘lida eng murakkab siyosiy qadam sifatida baholanmoqda.

 

Shuningdek, Ukraina rasmiylari 2026 yil bahorida hududiy kelishuvlar masalasini referendumga qo‘yishni ko‘rib chiqayotganini taʼkidladi. Ushbu tashabbus prezidentlik saylovlari bilan bir vaqtda o‘tkazilishi ham mumkin.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, Kiyev avval ilgari surilgan ayrim talablarni, jumladan, Rossiya rahbariyati va harbiy qo‘mondonligini urush jinoyatlari uchun javobgarlikka tortish masalasidan deyarli voz kechgabi bildirildi.

 

Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar mintaqadagi uzoq muddatli barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan muhim bosqich sifatida baholanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика