Ukraina g‘allasini olib chiqish uchun Odessa portida uchta xavfsizlik yo‘laklari ochilishi mumkin. bu haqda TASS nashri Anqaradagi manbalariga asoslanib xabar berdi.
“Birinchi bosqichda Odessaning to‘rt portidan uchta xavfsizlik yo‘laklarini ochish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda”, – degan manba.
Bundan tashqari, to‘rt tomonlama (Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT) mexanizmning ishga tushirilishi va yetkazib berishning boshlanishi bilan Turkiyada dondan ishlab chiqariladigan mahsulotlar narxi 20-25 foizga arzonlashi kutilmoqda.
Shu bilan birga chorshanba kuni Moskvada Rossiya va Turkiya harbiy delegatsiyalari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tgan. Anqara bu muloqotni ijobiy baholagan. Turkiya milliy mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, ikki davlatning Ukraina g‘allasini eksport qilish masalasida maslahatlashuvlarini davom ettirishga kelishib olingan.
Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar o‘tgan haftada Turkiya, RF va Ukraina harbiy idoralari o‘rtasida ukrain g‘allasini olib chiqish masalasida shoshilinch aloqa liniyasi o‘rnatilganini aytgandi.
Avvalroq AQSH Ukrainadan g‘alla olib chiqishning qo‘shimcha yo‘llarini qidirayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


