1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Ukraina NATOga qo'shilishga tayyor emas — Bayden

Bu masala mojaro tugaganidan keyin ko'rib chiqilishi mumkin.

Ukraina NATOga qo'shilishga tayyor emas — Bayden

 

AQSh Prezidenti Jo Baydenning fikricha, Ukrainaning Shimoliy Atlantika ittifoqiga qo‘shilishi masalasi faqat urush tugaganidan keyin ko‘rib chiqilishi mumkin.

 

"Ukraina hozir urush avjida, NATOga a'zo bo'lishga tayyor emas. Alyans a'zolari o'rtasida hozir Ukrainani qabul qilish borasida yakdillik yo'q", — dedi u.

 

Shu bilan birga, Bayden AQSh va NATO ittifoqchilari Prezident Vladimir Zelenskiy hamda Ukraina mudofaa kuchlarini Rossiya bilan urushni tugatish uchun zarur bo‘lgan qurollar bilan ta’minlashda davom etishini ta’kidladi.

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Ukrainaga Isroilga o'xshash xavfsizlik kafolatlarini berishi mumkin, ammo bu Shimoliy Atlantika ittifoqiga qo'shilishni nazarda tutmaydi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika yetakchisi Jo Baydenni Ukraina Rossiya bilan urush tugagandan keyingina alyansga a’zo bo‘lishi mumkin bo‘lsa ham, hozir NATOga taklif qilishga chaqirgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика