Bugun, 26-iyun kuni ertalab Ukraina poytaxti Kiyev shahriga raketa zarbalari berildi. Raketalardan biri Shevchenko tumanida joylashgan to‘qqiz qavatli binoga kelib tushgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi yaralangan. Vayronalar orasidan yetti yoshli qizaloq va beton plita bosib qolgan ayol qutqarib olingan.
Umumiy hisobda Rossiya qo‘shinlari Kiyevga 14 ta raketa uchirgan. Ulardan biri bog‘cha hududida portlagan. Ukraina mudofaa xizmati tomonidan bitta raketa urib tushirilgan.


