"Agar Ukraina G‘arb davlatlaridan uzoq masofaga mo‘ljallangan qurollarni olsa, Rossiya hududiga hujum qilishda foydalanmaydi", — dedi Prezident Vladimir Zelenskiy.
Uning ta'kidlashicha, Kiyev "Rossiya yerlaridan manfaatdor emas", lekin u 1991-yilgi chegaralar doirasidagi butun hududni Ukraina hududi deb bilishini aytdi.
“Bizda Dneprning narigi tomonidan o‘qqa tutilishiga javob beradigan qurolimiz yo‘q. Shuning uchun men uzoq masofali qurollarga ehtiyoj borligini ta'kidlayman. Agar biz bu qurollar bilan ruslarni yanada ko‘proq irg’itib yubora olsak, ular keyin bizga tahdid qila olmaydi”, — dedi janob Zelenskiy.
Uning fikricha, Rossiya harbiylari Ukraina hududini tark etgan taqdirdagina, mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish mumkin.
"Shundan so‘ng biz va hamkorlarimiz to‘g‘ri formatni topamiz”, — deya qo‘shimcha qildi Vladimir Zelenskiy.
Shuningdek, u yana bir marta Vladimir Putin bilan muzokara qilishdan bosh tortdi va unga ishonmasligini tushuntirdi.


