1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Dunyo / 
  4. Ukraina Rossiyaga Gʻarb qurollari bilan zarba berishga ruxsat olishi mumkin

04:41 / 13.09.2024

599

Ukraina Rossiyaga Gʻarb qurollari bilan zarba berishga ruxsat olishi mumkin

Ukraina Rossiyaga Gʻarb qurollari bilan zarba berishga ruxsat olishi mumkin

Bu haqida "Bloomberg" nashri xabar berdi.

 

"Ittifoqchilarning Gʻarbning uzoq masofali qurollari bilan Rossiya Federatsiyasidagi nishonlarga zarba berish cheklovlarini yumshatish to‘g‘risidagi qarori 24-sentabr kuni AQSHda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasida dunyo yetakchilarining yig‘ilishidan oldin qabul qilinishi dargumon", - deb yozadi "Bloomberg".

 

13-sentabr kuni Vashingtonda AQSH prezidenti Jo Bayden va Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer uchrashuvda Rossiya Federatsiyasiga zarba berishga ruxsat berish masalasini ham muhokama qiladi.

 

Avvalroq Politico Oq uy Ukrainaning Rossiya hududiga hujumlar uchun Amerika qurollaridan foydalanishiga qo‘yilgan cheklovlarni yumshatish rejasini yakunlayotgani haqida xabar bergan edi.

 

Britaniyaning "The Guardian" nashriga ko‘ra, London allaqachon Ukrainaga Rossiyadagi nishonlarga qarshi Storm Shadow qanotli raketalaridan foydalanishga ruxsat berishga qaror qilgan.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика