1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukraina sulh tuzishga tayyorligini bildirmoqchi

Buning sharti bor — tinchlik barqaror bo‘lishi kerak.

Ukraina sulh tuzishga tayyorligini bildirmoqchi

Ukraina sulh tuzishga tayyorligini bildirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida The Wall Street Journal nashri yozmoqda.

 

Jurnalistlar Zelenskiyning maslahatchisi Andrey Yermak va Trampning katta maslahatchilari o‘rtasidagi muzokaralarning baʼzi tafsilotlarini maʼlum qilishdi. WSJ maʼlumotlariga ko‘ra, unda saylangan vitse-prezident Jey Di Vens ham ishtirok etgan. Bundan oldin Yermak Floridada Oq uy devonining yangi rahbari Syuzi Uayls bilan ham uchrashgan.

 

Gazeta manbalariga ko‘ra, Yermak Vashingtonga Tramp yordamchilari bilan munosabatlarni yaxshilash maqsadida tashrif buyurmoqda va unda Ukraina Rossiya bilan “sulh tuzishga tayyorligini bildirishni rejalashtirmoqda”.

 

“Biroq buning sharti bor — tinchlik barqaror bo‘lishi kerak. Beqaror, vaqtinchalik tinchlik esa AQSH va Ukraina manfaatlariga xizmat qilmaydi”, — deydi nashrning Kiyev rejalari bilan tanish suhbatdoshi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика