1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukraina urush oqibatlarini yuz yilgacha sezadi — Sholts

Germaniya kansleri Vladimir Zelenskiy bilan muloqot qildi.

Ukraina urush oqibatlarini yuz yilgacha sezadi — Sholts

 

Ukraina urush oqibatlarini 100 yilgacha bartaraf eta olmasligi mumkin. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Sholts maʼlum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab shaharlarda portlamay qolgan bombalar qolib ketgan. "Shu sababli tiklanishda biz birgalikda ishlashimizga to‘g‘ri keladi", — degan kansler.

 

Sholts Germaniyada hamon ikkinchi jahon urushi davridan buyon portlamay qolgan bombalar topilishini eslatib o‘tgan.

 

Sholts chorshanba kuni Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot o‘tkazgan. U Ukraina yetakchisiga mamlakatning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan. Shuningdek, Kiyevga yordam ko‘rsatish masalasi muhokama qilingan.

 

Avvalroq Germaniya kansleri Rossiya-Ukraina muzokaralaridan kutilayotgan natija haqida gapirgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика