Ukraina va Shotlandiya o‘rtasidagi Jahon chempionati saralash o‘yini 2022 yilning martidan iyunga ko‘chirildi. Bu haqda "Sky Sports" xabar berdi.
FIFA Ukraina, Shotlandiya, Uels va Avstriya futbol assotsiatsiyalari vakillarini 24 martga belgilangan o‘yin iyunga ko‘chirilishi haqida og‘zaki ravishda xabardor qildi.
Ukraina – Shotlandiya pley-off bosqichi g‘olibi 2022-yilgi jahon chempionatiga chiqish uchun Uels – Avstriya juftligi g‘olibi bilan o‘ynashi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, ukrainalik futbolchilarga faoliyatini boshqa klublarda davom ettirish imkoniyatini berish kerakligi haqida xabar berilgandi.


