1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Ukrainalik futbolchilarga faoliyatini boshqa klublarda davom ettirish imkoniyatini berish kerak  – Jan-Mishel Ola

Fransiyaning “Lion” klubi Ukraina uchun transfer oynasini ochishni taklif qilmoqda.

Ukrainalik futbolchilarga faoliyatini boshqa klublarda davom ettirish imkoniyatini berish kerak  – Jan-Mishel Ola

 

UEFA Fransiyaning “Lion” klubidan Ukraina jamoalari  uchun maxsus transfer oynasi ochish bo‘yicha rasmiy so‘rov oldi. Bu taklif bilan jamoa prezidenti Jan-Mishel Ola chiqdi. 

 

Uning fikricha, futbolchilar, ayniqsa, legionerlar Rossiya uyushtirgan urushdan aziyat chekmasligi kerak. Funksioner futbolchilarga faoliyatini boshqa klublarda davom ettirish imkoniyatini berishni taklif qildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Lion" UNICEF xalqaro tashkilotiga urushdan jabr ko‘rgan ukrainaliklarga yordam sifatida 50 ming yevro ajratgan edi.

 

Shuningdek, bir necha kun oldin "Shaxtyor”da maxsus transfer oynasi yaratish g'oyasi ilgari surilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика