1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukrainada 14 yoshdan nikohga ruxsat berilishi mumkin

Mamlakatda nikoh yoshi 18 yosh bo‘lib qoladi, ammo ayrim holatlarda 14 yosh uchun istisno joriy etish taklif qilinmoqda.

Ukrainada 14 yoshdan nikohga ruxsat berilishi mumkin

 

Ukraina Oliy Radasida nikoh yoshiga oid o‘zgarishlarni nazarda tutuvchi yangi qonun loyihasi ro‘yxatga olindi. Hujjatga ko‘ra, ayrim istisno holatlarda — xususan, homiladorlik yoki bola tug‘ilishi yuz bersa — 14 yoshdan boshlab nikohga ruxsat berish taklif qilinmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, mazkur tashabbus Fuqarolik kodeksining yangi loyihasi doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda “Nikoh huquqi” moddasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan. Qonun loyihasi Oliy Rada spikeri Ruslan Stefanchuk tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar qatoriga kiradi.

 

Taklif etilayotgan normalarga ko‘ra, 14 yoshdagi shaxslar uchun nikoh faqat sud qarori asosida va faqat homiladorlik yoki bola tug‘ilishi kabi istisno holatlarda ruxsat etilishi mumkin. Shu bilan birga, 16 yoshdan boshlab nikohga ruxsat berish amaliyoti sud qarori orqali saqlab qolish rejalashtirilmoqda.

 

Amaldagi Ukraina qonunchiligida esa erkaklar va ayollar uchun nikohning umumiy minimal yoshi 18 yosh etib belgilangan. Qonun loyihasi hozircha tashabbus bosqichida bo‘lib, u parlament qo‘mitalari muhokamasi va ovoz berish jarayonlaridan o‘tishi kerak.

 

Mutaxassislar va jamoatchilik orasida mazkur tashabbus yuzasidan turli fikrlar bildirilmoqda: ayrimlar buni ijtimoiy himoya mexanizmi sifatida ko‘rsa, boshqalar esa erta nikohlar xavfi ortishi mumkinligini taʼkidlamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика