1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukrainada onlayn moliyaviy piramida fosh etildi

Firibgarlar guruhi 2017-yildan buyon, asosan, Rossiya va Ukraina hududida faoliyat olib borgan.

Ukrainada onlayn moliyaviy piramida fosh etildi

 

Kiyevda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor operatsiya davomida, pul aylanmasi 40 million AQSH dollardan ortiq bo‘lgan onlayn moliyaviy piramida tashkilotchilaridan biri qo‘lga olindi.

 

Firibgarlar yetakchi texnologik kompaniyalar aksiyalarini sotib olish va sotish orqali qisqa vaqt ichida katta miqdordagi pullarga ega bo‘lishni taklif qilib jabrlanuvchilar sonini orttirib borishgan.

 

Shuningdek, loyihaga yangi investorlarni jalb qilgan mijozlarga alohida “bonusli” pul jamg‘armalari taqdim etgan.

 

Firibgarlar guruhi 2017 yildan buyon asosan Rossiya va Ukraina davlatlari hududida faoliyat olib borgan.

 

Tezkor operatsiya mobaynida 55 yoshli Rossiya fuqarosi qo‘lga olingan bo‘lib, uning telefon qurilmasida soxta reklama roliklari va boshqa guruh aʼzolari bilan yozishmalar aniqlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика