1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukrainadagi urush sabab Rossiya zirhli texnikalarining eng katta omborini bo'shatdi

Rossiya mamlakatdagi sovet zirhli mashinalarining eng katta omboridagi harbiy texnikalarning yarmidan ko'pini Ukrainga yubordi.

Ukrainadagi urush sabab Rossiya zirhli texnikalarining eng katta omborini bo'shatdi

 

Rossiyaning Ukrainaga keng ko'lamli bosqini boshlanganidan beri rus qo'shinlari Buryatiyadagi eng yirik Vagjanovo harbiy texnika bazasida joylashgan sovet tanklari va jangovar mashinalarining 40 foizdan ortig'ini urushga jalb qildi, deb yozadi The Moscow Times Google Earth sun'iy yo'ldosh suratlariga tayanib.

 

Nashrning yozishicha, Vagjanovo Rossiyadagi eng yirik harbiy texnika ombori hisoblanadi. Buni sun'iy yo'ldosh ma'lumotlari asosida The Moscow Times hisob-kitoblari tasdiqlaydi. Gazetaning yozishicha, Vagjanovo taxminan 13 kvadrat kilometr maydonni egallaydi, bu Rossiyadagi zirhli transport vositalarini saqlash uchun ma'lum bo'lgan boshqa bazalar maydonidan ancha katta.

 

Xabarda keltirilishicha, Ukrainaga to'liq miqyosda bostirib kirishdan besh oy oldin (2022-yil 24-fevral) bazada 3840 ga yaqin texnika saqlangan va 2023-yil may oyiga kelib Vagjanovo hududidagi zirhli texnikalar soni 2270 donaga qisqargan.

 

So'nggi bir yarim yil ichida bazadan tanklar va harbiy mashinalarning 40 foizdan ko'prog'i olib tashlandi, shuningdek, 2022-yil sentabr oyida Rossiyada safarbarlik e'lon qilinganidan keyin texnikaning katta qismi Vagjanovodan chiqib ketdi, deb yozadi gazeta.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика