1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Ukrainadagi vaziyat eng ko‘p Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistonga taʼsir qiladi

Osiyo Taraqqiyot Bankining iqtisodiy o‘sish bo‘yicha maxsus hisoboti eʼlon qilindi.

Ukrainadagi vaziyat eng ko‘p Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistonga taʼsir qiladi

 

2022-yilda Osiyo iqtisodiyoti 5.2 foizga, 2023-yilda esa 5.3 foizga o‘sadi. Bu haqda Osiyo taraqqiyot banki maʼlum qildi.

 

Bank hisobotida Sharqiy, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo iqtisodiy o‘sishi pandemiyagacha bo‘lgan surʼatga qaytishi qayd etilgan. O‘sish asosan, ichki isteʼmol talabi va eksport miqdori oshishi natijasida bo‘ladi.

 

Xususan, Sharqiy Osiyo iqtisodiyoti 2022 yilda 4.7 foiz va 2023 yilda 4.5 foizga  o‘sadi. Bu ko‘rsatkich Janubi-Sharqiy Osiyoda 4.9 va 5.2 foiz, Janubiy Osiyo esa 7.0 va 7.4 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

 

Bank maʼlumotlariga ko‘ra, Tinch okeani orollari pandemiya davrida turizmning to‘xtab qolishi oqibatida aziyat chekkan. Ammo bu yil ularning iqtisodiyoti  2021 yil 0.6 foizlik kamayishdan 3.9, 2023 yilda esa 5.4 foizlik o‘sishga erishadi.

 

Ammo shu bilan birga iqtisodiy taraqqiyotga Rossiya-Ukraina harbiy mojarosi, COVID-19  holatlarining qayta avj olish xavfi, shuningdek, AQSHda foiz stavkalarining oshirilishi ehtimoli salbiy taʼsir o‘tkazishi mumkin.

 

Geosiyosiy mavhumlik

 

"Pandemiyadan keyin Osiyoning rivojlanayotgan davlatlari asta-sekin iqtisodiy o‘sish yo‘liga qadam qo‘ydi. Ammo geosiyosiy mavhumlik va COVID-19 holatlarining qayta avj olishi, yangi shtammlar bu impulsni to‘xtatib qo‘yishi mumkin. mintaqa davlatlari hukumatlari ogohlikni saqlab qolishi va bu xavflarga qarshi choralar ko‘rishga tayyor turishi kerak. Masalan, bu koronavirusga qarshi yana-da ko‘proq odamlarni emlashni nazarda tutadi. Shuningdek, inflyatsiya bilan bog‘liq vaziyat diqqat bilan kuzatilishi lozim”, – degan Osiyo Taraqqiyot banki bosh iqtisodchisi Albert Park.

 

Bank Ukrainadagi harbiy mojaroni Osiyo iqtisodiy taraqqiyoti uchun asosiy xavf sifatida baholagan. Ammo uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsiri asosan, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistonda seziladi.

 

OTB qitʼaning eng yirik davlatlari bo‘lgan Xitoy va Hindiston iqtisodiyoti 2022 yilda mos ravishda 5.0 va 7.5 foizga, 2023 yilda esa 4.8 foiz va 8.0 foizga o‘sishini taxmin qilgan.

 

Avvalroq 023 yilda global iqtisodiyot o‘sishi sekinlashishi to‘g‘risida xabar berilgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика