1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Ukrainadagi voqealarga dunyo yetakchilarining munosabati qanday?

AQSH, Buyuk Britaniya va YI Rossiyaning harakatlari o‘zini oqlamasligini taʼkidlamoqda.

Ukrainadagi voqealarga dunyo yetakchilarining munosabati qanday?

 

 

Ukraina sharqidagi voqealarga birinchi bo‘lib Oq uy munosabat bildirdi.

 

 AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiyaning Donbassdagi harbiy operatsiyasini “o‘zini oqlamaydigan” deb baholadi.  

 

"Ushbu hujum oqibatida beriladigan qurbonlar va vayronkorlik uchun Rossiya javobgar bo‘ladi. AQSH, uning hamkorlari va ittifoqchilari yagona va qatʼiy javob beradi. Dunyo Rossiyani javobgarlikka tortadi", — degan u.

 

U Ukraina atrofidagi voqealarni diqqat bilan kuzatib borishini maʼlum qilgan. 

 

Shuningdek, Bayden mojaroni kuzatishi va G7 yetakchilari bilan uchrashuv tashkil qilishini ham aytdi. Shundan so‘ng Amerika yetakchisi AQSH aholisiga murojaat bilan chiqadi.

 

“Biz, shuningdek, NATO bo‘yicha ittifoqchilarimiz bilan harakatlarimizni muvofiqlashtiramiz”, - dedi Bayden.

 

Ayni paytda Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Moskva “Ukrainaga hujum qilib, qon to‘kish yo‘lini tanlagani”ni taʼkidladi.

 


“Men Ukrainadagi dahshatli voqealardan hayratdaman. Рrezident Zelenskiy bilan suhbatlashib, keyingi qadamlarimizni muhokama qildim. Prezident Putin qon to‘kish va vayronkorlik yo‘lini tanladi. Buyuk Britaniya va ittifoqchilarimiz bunga qatʼiy javob qaytaradi”, - deb yozgan Britaniya bosh vaziri o‘z Twitter sahifasida.

 

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyasini tanqid qilib, Moskvani javobgarlikka tortishini aytdi.

 

Latviya bosh vaziri Krishyanis Karinsh esa NATOni Shimoliy atlanta alyansi ustavining 4-moddasi (hududiy yaxlitlikka xavf solish) bo‘yicha konsultatsiya o‘tkazishga chaqirdi. Yevropa ittifoqining Ukrainadagi missiyasi rahbari Matti Maasikas YIning Kiyevdagi xodimlari haqida qayg‘urishini bildirdi.

 

Yaponiya hukumati esa ayni paytda Donbassdagi vaziyat haqida maʼlumot to‘playotganini bildirdi. Maʼlumotlar o‘rganilishi tugashi bilan hukumat asosiy hamkorlar, jumladan, G7 mamlakatlari bilan aniq harakatlarni amalga oshirishga o‘tmoqchi.

 

“Vaziyat juda jiddiy. Biz jahon hamjamiyati bilan hamkorlikda harakatlanmoqchimiz”,  - Yaponiya bosh vaziri Fumio Kusida.

 

U o‘zining asosiy vazifasi Yaponiya fuqarolari xavfsizligini taʼminlash ekanini taʼkidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика