Vengriyaga “Tisa” nazorat-o‘tkazish punkti orqali Ukrainadan noqonuniy ravishda Ka-26 vertolyotini olib chiqishga urinish holati qayd etildi. Bu haqda Ukraina Davlat chegara xizmati o‘zining Telegram-kanalida ma'lum qildi.
Qiymati qariyb 53 ming dollar bo'lgan vertolyot qo'lga olindi.
“Tekshiruv davomida bojxonachilar bilan chegarachilar yuk tashish hujjatlarida tovar ishlab chiqaruvchisi toʻgʻrisida yolgʻon maʼlumotlar borligini aniqladi. Keyinchalik bu sud-tibbiy eksperti tomonidan tasdiqlandi”, — deya xabar beradi chegara xizmati.
Ma'lumot o'rnida, Ka-26 Kamov konstruktorlik byurosi tomonidan ishlab chiqilgan ikki dvigatelli sovet ko'p maqsadli vertolyotidir. "Tisa" nazorat punkti Vengriya-Ukraina chegarasida joylashgan.


