1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukrainaga yangi harbiy yordam ajratildi

Uning miqdori 250 mln dollar.

Ukrainaga yangi harbiy yordam ajratildi

AQSH Ukrainaga 250 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini eʼlon qildi.

 

Qo‘shma Shtatlar Germaniyadagi “Ramshteyn” aviabazasida Ukraina mudofaa masalalari bo‘yicha aloqa guruhi yig‘ilishi chog‘ida Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketini taqdim etishini maʼlum qildi.

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu uchrashuvda ilk bor ishtirok etyapti. Qo‘shma Shtatlar nomidan yig‘ilishda Mudofaa vaziri Lloyd Ostin qatnashyapti.

 

Qo‘shma Shtatlar Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, yangi yordam paketi, xususan, RIM-7 Sea Sparrow havo mudofaa raketalari, Stinger MANPADS uchun raketalar, HIMARS raketa tizimlari uchun o‘q-dorilar, Javelin va AT-4 tankka qarshi tizimlari va TOW tankka qarshi qarshi raketalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, paket doirasida Pentagon Kiyevga Bradley piyoda jangovar mashinalari, M113 zirhli transport vositalari, MRAP kuchaytirilgan minalardan himoyalangan g‘ildirakli zirhli mashinalar, patrul katerlari hamda 155 va 105 mm kalibrli artilleriya o‘q-dorilarini beradi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика