Qo‘shma Shtatlar Germaniyada Ukraina harbiylarini jangovar tayyorgarlikdan o‘tkaza boshladi.
“500 ga yaqin ukrainalik askar 15 yanvar kuni AQSH dasturi doirasida Germaniyada keng qamrovli jangovar tayyorgarlikni boshladi”, — dedi AQSH shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi rahbari Mark Milli.
Ukrainalik harbiylarning mashg‘ulotlari Bavariyadagi “Grafenwöhr” poligonida boshlangan. Ular bir necha kun avval Ukrainani tark etgan. Harbiylar besh-sakkiz hafta ichida jang maydoniga qaytishi rejalashtirilgan.


