1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukrainalik qochqinlar mamlakatga ommaviy qaytmoqda

Mamlakatni 4,6 milliondan ortiq inson tark etgan

Ukrainalik qochqinlar mamlakatga ommaviy qaytmoqda

BMT Ukrainada mojaro boshlanganidan so’ng tark etgan 870 ming qochqin mamlakatga qaytganini ma’lum qildi. Bu haqd “UNIAN” xabar berdi.

 

Tashkilot qochqinlarning ommaviy qaytishi Ukraina ichidagi gumanitar muammolarni murakkablashtirayotganini qayd etdi.

 

BMT ma'lumotlariga ko'ra, urush boshlanganidan beri kamida 11,7 million ukrainalik o'z uylarini tark etishga majbur bo'lgan: 4,6 milliondan ortig'i boshqa mamlakatlarga ketgan.

 

BMT tahlillariga ko'ra, agar Rossiya bilan urush kelgusi yilgacha davom etsa, har o'n ukrainalikdan to'qqiztasi qashshoqlikka duch kelishi mumkin.

 

Eslatib o’tamiz, avvalroq BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukrainadagi urush global oziq-ovqat tanqisligiga olib kelishini bildirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика